Jahon | 16:50 / 10.11.2016
5879
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an: Turkiya o‘z chegaralaridan tashqarida ham ta'sirga ega

© AP Photo

Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, Turkiya hech qaysi davlatning hududiga da'vo qilmaydi, lekin uning ta'siri geografik chegaralaridan tashqariga ham yoyilgan.

"Biz o‘z qobig‘imizga o‘ralib olgan yopiq davlat emasmiz. Geografik chegaralar — boshqa, ma'naviy chegaralar — butunlay boshqa. Suriya, Iroq, Bolqon, Kavkaz va Qrimda birodarlarimiz yashaydi. Ular chegaralarimizdan tashqarida, lekin ular qalbimizda ham. Biz boshqa davlatlarning hududlariga da'vo qilmaymiz, lekin bu yerlardagi voqealarga Turkiya befarq bo‘lmaydi", – degan Erdo‘g‘an Turkiya Respublikasining birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturkning vafoti kuni tashkil qilingan marosim vaqtida.

Uning aytishicha, Otaturk ham o‘z vaqtida chiqishlarida bir necha marta shunday fikrni bildirgandi.

Mavzuga oid