O‘zbekistonda Rossiya avtomobillari savdo hajmi 4 marta oshdi
2016 yil boshidan beri Bojxona ittifoqiga a'zo bo‘lmagan davlatlarga Rossiyada ishlab chiqarilgan avtomobillarni eksport qilish hajmi 2 martaga o‘sgan. Bu haqda, Rossiyaning «Izvestiya» gazetasi yozmoqda.
Xususan, O‘zbekistonda Rossiya avtomobilsozlik sanoatida ishlab chiqilgan 1,6 ming yengil mashina sotilgan. Bu o‘tgan yilgi raqamlardan 4 marta ko‘p demakdir. Germaniyada 3,3 ming dona Rossiya mashinasi o‘z xaridorlarini topgan. Bu esa, o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 11 barobar ko‘pdir. Nashrning yozishicha, Ukrainada jami 2,6 mingta Rossiyada ishlab chiqilgan avtomobillar xarid qilingan.
Bundan tashqari, Rossiya avtomobillari Misr, (2 ming) Latviya (1,7 ming) va Livanga (1,4 ming) ham eksport qilingan. Vengriya va Xitoyda jami 1,2 ming Rossiya mashinasi sotib olingan.
Umuman, 2016 yilning o‘tgan sakkiz oyi mobaynida Rossiya avtosanoatining 19,2 ming dona mahsuloti xorijiy davlatlarga yetkazib berilgan. O‘tgan yilning shu davrida bu raqam 9,1 mingni tashkil etgan edi.
«Avtostat» ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiyada ishlab chiqilgan «Lada», «Volkswagen» va «Hyundai» modellariga ko‘proq talab bo‘lgan. «Toyota», «Chevrolet», «UAZ», «Renault» va «Nissan» kompaniyalarining Rossiyadagi zavodlari mahsulotlariga qiziqish kam bo‘lganligi aytilmoqda.
Mavzuga oid
17:38
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:16 / 24.12.2024
WP: Bayden Putinga «xayrlashuv zarbasi» - Rossiya energetikasiga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda
20:13 / 24.12.2024