Jahon | 09:51 / 12.11.2016
6715
2 daqiqa o‘qiladi

WikiLeaks Obamani lavozimini tark etguncha Snouden va Menningni afv etishga chaqirdi

© EPA/Sander Koning

WikiLeaks tashkiloti AQSh prezidenti Barak Obamani o‘zining prezidentlik vakolatlari tugaguncha sobiq amerikalik harbiy Bredli Menning va maxsus xizmatlarning sobiq agenti Edvard Snoudenni afv etishga chaqirmoqda. Tegishli murojaat tashkilotning tvitterdagi sahifasida chop etildi.

"Obama Menning va Snoudenga yordam berish uchun siyosiy lahzaga ega. Aks holda u Trampga mukofotni olish imkoniyatini taqdim qiladi", deb aytildi WikiLeaks’da.

Menning 2010 yilda AQShning Kuvaytdagi bazasida hibsga olinib, 2013 yilda josuslik va davlat mulkini o‘g‘irlash aybi bilan 35 yillik qamoq jazosiga mahkum qilingan. U  WikiLeaks’ga rekord darajadagi harbiy va diplomatik hujjatlar (700 mingdan ko‘proq), AQShning Iroqda 2009-2010 yillardagi harbiy operatsiyasiga taalluqli videofayllarni topshirgan.

Snouden esa AQSh milliy xavfsizlik agentligining 1,7 mln dan ko‘proq hujjatini o‘g‘irlab, ularni The Washington Post va Guardian nashlariga taqdim qilgan. U bu harakatlarini "jamiyatga haqiqatni so‘zlashni" istagani bilan tushuntirgan.
 

Mavzuga oid