Sport | 19:29 / 14.11.2016
7478
3 daqiqa o‘qiladi

Mxitaryan «MYu»dagi holati haqida barchasini gapirib berdi

Foto: VVS

«Manchester Yunayted»ning armanistonlik yarimhimoyachisi Genrix Mxitaryan klubning asosiy tarkibi uchun kurashda davom etishini aytib o‘tdi. Uning so‘zlari Armaniston futbol federatsiyasi saytida keltirilgan.

«MYu»ga o‘tishi sabablari haqida

Men Germaniyada ajoyib 3 mavsumni o‘tkazdim va dunyoning eng kuchli ligasiga, dunyoning eng nomdor klublaridan biriga o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ldim. Otam hamisha meni bunday chaqiriqlarni qo‘rqmay qarshilashga o‘rgatgan. Men «MYu»ga o‘tish qarorini faoliyatimning navbatdagi bosqichi sifatida qabul qildim.

«Manchester Yunayted»ga o‘tishimda katta maosh asosiy o‘rin tutmagan. Buning futbolcha sababi bor: klubning shonli tarixi, muxlislar va dunyoning eng kuchli murabbiylaridan biri bilan birga ishlash ko‘proq o‘ziga jalb qilgan.

Angliyadagi qiyinchiliklar haqida

Bu yerda quyosh kam chiqadi, ammo men Manchesterga plyajda yotish uchun kelmaganman (kuladi). Men shaharga moslasha oldim, chunki bu yerda odamlar menga do‘stona munosabatda bo‘lishadi. Manchester – harakat to‘xtamaydigan shahar va men bu yerda yashashdan xursandman.

Menga hozir faqat o‘yin amaliyoti yetishmayapti, lekin kelgusida bu ham bo‘ladi. Men tinimsiz o‘z ustimda ishlayapman va bu o‘z samarasini berishiga ishonaman.

Asosiy tarkibga kira olmayotgani haqida

Men qattiq ranjiyotganim yo‘q, bu ham faoliyatimning bir bosqichi. Men hech qachon to‘xtamayman va taslim bo‘lmayman. Yo‘limda to‘siqlar chiqqanida bu to‘siqlarni oshib o‘taman va maqsadga yetishmaguncha yo‘limni davom ettiraman.

Hozirda menda o‘yin amaliyoti yetarli bo‘lmayapti, o‘zimni ko‘rsatishga imkon bo‘lmayapti. Shunday ekan men murabbiylar shtabi menga e'tibor qaratishi uchun qo‘limdan keladigan barcha ishni qilishim lozim.

Men «Manchester Yunayted»da muvaffaqiyatga erishishimga ishonaman. Men barchaga bu jamoaning va bu liganing yetakchi futbolchisi bo‘la olishimni ko‘rsatib qo‘yishni istayman.

Mxitaryan «MYu»ni qishdayoq tark etishi mumkin

Mavzuga oid