Mazda yangi avlod CX-5 modelini namoyish etdi
Yaponiyaning Mazda kompaniyasi CX-5 krossoverining yangi avlodini namoyish etdi. U Los-Anjyeles avtoko‘rgazmasida rasman taqdim etildi. Avtomobilning savdosi kelasi yilning fevral oyida Yaponiyada boshlanadi. 2017 yil yil mobaynida yangi krossover boshqa bozorlarga ham yetkazib beriladi. CX-5 avvalgidek Nissan Qashqai va Kia Sportage kabi mashinalar bilan raqobat qiladi.
Yangi CX-5 dizayni CX-9 va CX-4 modellariga o‘xshashdir. Uning g‘ildiraklar bazasi o‘zgarishsiz qolgan, biroq, uzunligi 5 mmga qisqargan.
Krossoverning saloniga yangi o‘rindiqlar, 7 dyuymli ekranga ega priborlar paneli, proyeksiyaviy displey va MZD Connect axborot-ko‘ngilochar tizimi joylangan. Bundan tashqari, navigatsiya va 10ta ovoz kuchaytirgichga ega Bose audiotizimi haydovchi xizmatiga shay.
Unga 2,0 yoki 2,5 litrli benzinli dvigatel yoxud 2,2 litrli dizelli motor o‘rnatilishi mumkin.
Dvigatellar olti diapazonli mexanik uzatmalar qutisi yoki xuddi shundan bosqichli «avtomat» uzatmalar qutisi yordamida mashinani harakatga keltirishi mumkin. CX-5 krossoverining oddiy modellarining old g‘ildiraklari yetakchi bo‘ladi, top namunalariga barcha g‘ildiraklarini yetakchi qiluvchi tizim o‘rnatiladi.
Krossover shuningdek, G-Vectoring Control (GVC) tizimiga ega bo‘lgan. U rulning burilish burchagidan kelib chiqqan holda motorning daqiqasiga aylanish lahzasini muvofiqlashtirish imkonini beradi. Shu sababli, g‘ildiraklarga tushayotgan yuklanishni teng taqsimlash mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:50 / 23.12.2024
Yaponiyada sun’iy gravitatsiyaga ega Oy majmuasi prototipi quriladi
20:28 / 23.12.2024
Honda va Nissan birlashmoqda. Ular dunyodagi eng yirik uchinchi avtomobil ishlab chiqaruvchiga aylanadi
18:22 / 22.12.2024
Yaponiyada AESlar yaqiniga radioaktiv zarralardan himoya qiluvchi palatkalar joylashtiriladi
20:30 / 21.12.2024