Sport | 16:00 / 16.11.2016
5189
2 daqiqa o‘qiladi

Myuller San-Marino terma jamoasini haqorat qilganmidi?

Futbol bo‘yicha Germaniya milliy terma jamoasi hujumchisi Tomas Myuller San-Marino sport ishlari bo‘yicha kotibi Teodor Lonfernini so‘zlariga izoh berdi. 

Lonfernini Myuller va «Bavariya» boshqaruvi raisi Karl-Xaynts Rummeniggedan aytgan so‘zlari uchun rasman kechirim so‘rashni talab qilgandi. Germaniya JCh-2018 saralash o‘yini doirasida San-Marinoni (8:0) mag‘lub etgach, Myuller bu kabi o‘yinlardan ma'ni yo‘q, degan fikrni bildirgan edi. Rummenigge esa, futbolchining so‘zini qo‘llab-quvvatlagan. 

«Men so‘zimni noto‘g‘ri tushunishganidan hayratdaman. Chunki, men ular tushunayotgan narsani nazarda tutganim yo‘q. Menga savol berishdi, men ro‘y-rost va jiddiy javob berdim. Bunda barcha tomonga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga urindim. Yaqin orada men bu borada yana bayonot beraman. Biroq, o‘quvchilar ko‘p hollarda sarlavha bilan kifoyalanishadi va shu bilan xulosa qilishadi. Men bunga e'tibor bermadim, kelgusida o‘z qarashimni aniq bildirishga harakat qilaman», — deya Myuller so‘zlarini keltiradi ARD telekanali.

San-Marinodagilar Myuller va Rummenigge uzr so‘rashini talab qilmoqda

Mavzuga oid