«O‘g‘ri, biroq»: Ulyukayevning hibsga olinishi haqida Navalniy fikrlari
Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning Korrupsiyaga qarshi kurashish Fondi RF iqtisodiy taraqqiyot vaziri Aleksey Ulyukayevning ushlanishi borasida o‘z qarashini bildirdi.
Navalnyyning hikoya qilishicha, KKF ikki yil avval Ulyukayevning ofshori borligini aniqlagan, biroq, o‘z surishtiruvi natijasini oshkor qilishni ortga surgan edi.
“Rasman bu ofshor katta Ulyukayevga tegishli bo‘lib, Aleksey Ulyukayev hozir 60 yosh bo‘lsa, uning otasi 80dan oshgani aniq. Shunday ekan, uning qandaydir biznes yuritish maqsadida Kiprda kompaniya ochganiga shubha qilaman.
U 2011 yil 19 mayda ro‘yxatdan o‘tgan. O‘shanda, Ulyukayev RF Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari edi. Bu kompaniya faoliyat yuritmoqda. Biz firmaning uning nomiga rasmiylashtirilganini topmadik, ammo Ulyukayev shu yo‘l bilan xorijiy mulkini deklaratsiya qilishdan yashirganini taxmin qilamiz”, - deb yozgan Aleksey Navalnyy.
Navalniyning fikricha, vazirni hibsga olish sababi korrupsiyada emas, balki prezident Vladimir Putinning o‘z qurshovidagi amaldorlar tomonidan xiyonat qilinishi bo‘yicha xavotir olayotgani bilan bog‘liq. Muxolif siyosatchining fikricha, federal darajadagi vazirning ushlanishi, Kremlning boshqa yaqinlariga berayotgan ogohlantirishidir.
15 noyabr kuni Rossiya Tergov qo‘mitasi Aleksey Ulyukayevga nisbatan mamlakat JK 290-moddasi 6-bandi (Rossiya Federatsiyasi davlat lavozimini egallagan shaxs tomonidan ta'magirlik bilan o‘ta katta miqdorda pora olish) bo‘yicha ayblov e'lon qilgan edi.
Mavzuga oid
17:38
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:16 / 24.12.2024
WP: Bayden Putinga «xayrlashuv zarbasi» - Rossiya energetikasiga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda
20:13 / 24.12.2024