Fan-texnika | 22:03 / 17.11.2016
5498
1 daqiqa o‘qiladi

Qualcomm qurilmalarga 2,5 marta tezroq quvvatlanishga imkon beruvchi yangi protsessor yaratdi

Foto: Reuters

Qualcomm kompaniyasi Snapdragon Technology sammitida yangi chipsetlar avlodi –  Snapdragon 835’ni taqdim qildi. Bu haqda Engadget ma'lum qildi

Protsessorning aniq ko‘rsatkichlari ma'lum qilinmagan, biroq shu ma'lumki, u 27 foizga unumdorroq bo‘ladi va 40 foizga kamroq elektr energiya iste'mol qiladi.

Snapdragon 835’da qurilmani 2,5 marta tezroq quvvatlashga imkon beruvchi Quick Charge 4.0 tez quvvatlash texnologiyasi qo‘llangan.

Loyihada Samsung kompaniyasining ishtirok etishi tasdiqlandi. Aynan ushbu kompaniya yangi protsessorlarni ishlab chiqaradi. Yangi chipset 10-nm li FinFET texnologik jarayoni bo‘yicha quriladi.

Qualcomm protsessorning barcha ko‘rsatkichlarini yanvarning ilk kunlarida ma'lum qilishga va'da berdi. Yangi protsessorda ishlovchi qurilmalar 2017 yil boshidan bozorga chiqarilishi kutilmoqda.

 

Mavzuga oid