Sport | 10:37 / 17.11.2016
5858
2 daqiqa o‘qiladi

Runi bilan bog‘liq voqea Mourinoni g‘azablantirdi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino shogirdi Ueyn Runi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan FA (Angliya futbol assotsiatsiyasi) xodimlari chiqargan qarordan darg‘azab bo‘ldi.

Shotlandiya terma jamoasiga qarshi uchrashuvdan (3:0) keyin Angliya terma jamoasi futbolchilariga ta'til berilgan. Futbolchilar o‘z oilasi bilan uchrashishlari uchun mehmonxonani tark etishgan. Runi esa jamoadoshi Fil Jagelka va bir qator terma jamoa ishchilari bilan otelda qolib, shu hududda bo‘layotgan to‘y marosimiga qo‘shilishgan. Nomi ma'lum bo‘lmagan murabbiy, tibbiy xodimlar va assotsiatsiyaning bir qator xodimlari shu kecha bir qancha pivo va qizil vino buyurishgan va tongga qadar ko‘ngilxushlik qilishgan.

Yakshanba kuni Ispaniya terma jamoasiga qarshi o‘yindan oldingi mashg‘ulotlarda Runi o‘zini yaxshi his qilmagan, natijada u o‘yin qaydnomasiga kiritilmagan.

Xabar qilinishicha, Mourinoni ko‘proq bar ichida bo‘lgan assotsiatsiyalari xodimlarining harakatlari g‘azablantirgan. MYu» murabbiyi futbolchilarga rasmiy ravishda bunday imkoniyat berilganidan norozi bo‘lgan. Shuningdek portugaliyalik mutaxassis Runining mast holatdagi rasmi tarqalishini ham qoralab chiqqan.

Runi 19 noyabr kuni APL doirasidagi 12-turdan o‘rin olgan «Arsenal»ga qarshi uchrashuvga qadar maydonga tushish uchun tayyor bo‘lishi kutilmoqda.

Mavzuga oid