Light | 22:34 / 18.11.2016
6393
2 daqiqa o‘qiladi

63 yoshli belgiyalik tinchlik yo‘lida 3 900 kilometr yo‘lni bosib o‘tdi

Foto: AA Photo

Leonardus Verkanuteren oxirgi olti oy ichida butun dunyodagi urushlarga e'tibor qaratish uchun Yevropa bo‘ylab sayr qildi. U o‘z sayohatini 23 may kuni Belgiyaning Nivport shahridan boshlab, Gallipoli yarim oroligacha (Turkiya) 3900 kilometr yo‘l bosib o‘tdi. Bu haqida Daily Sabah nashri xabar berdi

Hamma joyda uni nufuzli amaldorlar kutib olishdi. Verkaunteren o‘z sayohati davomida ko‘p sovg‘alar yig‘di. 

U turk xalqining mehmondorchiligini alohida ta'kidlab o‘tdi va sayohati sababini izohladi. 

"Men YUNISEFning askar-bolalar, qashshoqlikda kun kechirayotgan bolalar, bemorlar, masalalari bo‘yicha kampaniyasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Birinchi jahon urushining front liniyalari bo‘ylab harakatlandim", - deydi u. 

Leonardus Fransiya, Italiya, Sloveniya, Xorvatiya, Albaniya, Makedoniya va Gretsiyada bo‘ldi. 

"Men ko‘plab harbiy memoriallar va qabristonlarni ko‘rdim. Bu loyiha davomida shuncha odam bilan uchrashganimdan xursandman. Ayniqsa, Turkiya, Avstraliya va Yangi Zelandiya menda o‘zgacha taassurot qoldirdi. Hozir bizga urush emas, tinchlik kerak", - deydi u. 

 

Mavzuga oid