Fan-texnika | 10:39 / 18.11.2016
6649
2 daqiqa o‘qiladi

SpaceX butun dunyoni soniyasiga bir gigabayt tezlikdagi internet bilan ta'minlamoqchi

Arxiv surat

SpaceX kosmik korporatsiyasi AQShning aloqa bo‘yicha Federal komissiyasiga internet bilan ta'minlash maqsadida to‘rt ming yo‘ldoshni chiqarishiga doir ariza topshirdi. 

Loyihaga ko‘ra, yo‘ldoshlar past orbitaga (1150-1325 kilometr) Falcon Heavy va Falcon 9 Full Trust tashuvchi raketalari yordamida chiqariladi. Falcon 9 Full Trust bir chiqishda 386 kilogrammli 50ta qurilmani tashib, 3,5 tonna yuk zaxirasini  qoldirishga imkon beradi. 2020 yilga borib, kompaniya jami 144 marta Falcon 9 Full Trust va 22 marta Falcon Heavy'ni ishga tushiradi. 

Kompaniyaning g‘oyasi ish bersa, bu Yer yuzidagi har bir insonni soniyasiga bir gigabayt tezlikdagi simsiz yo‘ldosh internetiga kirish imkoni bilan ta'minlaydi. Qurilmalar sayyoramizning eng faol hududlarida tarqatilib, adaptiv tarmoq tamoyili asosida ishlaydi.

Loyihaning birinchi bosqichiga start berish 2017 yilga mo‘ljallanmoqda. Kompaniya AQSh hududini qamrab oluvchi 800 yo‘ldoshni ishga tushiradi. Har bir "parvoz" qiymati 10-20 million dollarga baholanmoqda, kosmik infratuzilmani to‘liq ta'minlash taxminan 10 milliard dollarni talab qiladi. Har bir qurilmaning xizmat ko‘rsatish muddati 5-7 yilni tashkil qiladi, shundan so‘ng u orbitadan chiqib, atmosferada yonib ketadi. 
 

Mavzuga oid