Tramp va Klinton haqidagi eng ko‘p tarqalgan yangiliklar soxta bo‘lib chiqdi
Saylovlar oldidan internetni Klintonning IShIDga qurol sotgani hamda Rim papasining Trampni qo‘llagani haqidagi soxta yangiliklar qamrab oldi. Buzzfeed ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining qanchalik ishonuvchanligi va bu nimalarga olib kelishi mumkinligiga doir tadqiqot o‘tkazdi.
BuzzFeed News tadqiqotiga ko‘ra, AQShdagi prezidentlik kampaniyasining so‘nggi uch oyida Facebook tarmog‘i foydalanuvchilarini The New York Times, Washington Post, Huffington Post, NBC News kabi yirik nashrlarning haqiqiy maqolalaridan ko‘ra, mashhur soxta yangiliklar ko‘proq jalb qilgan.
Saytlar va siyosiy faollar tomonidan tarqatilgan 20 soxta yangilik Facebook foydalanuvchilari tomonidan 8,711 million turli reaksiyaga (izohlar, yangilik bilan bo‘lishish) ega bo‘lgan.
Shu davrda 19 yetakchi yangiliklar saytning eng mashhur 20 xabari atigi 7,367 million reaksiya to‘plagan.
Avvallari haqiqiy yangiliklar osonlik bilan soxtalarini ortda qoldirardi, biroq saylovlar yaqinlashgani sari soxta yangiliklar keskin ko‘tarilib ketdi - ular jahonga mashhur yangiliklar agentliklarining maqolalaridan o‘zib ketdi.
Darmut kolleji siyosatshunoslik professori Brendan Nixan bu borada shunday deydi:
"Facebook'ning soxta ma'lumotlar bilan kurashishga bunday kam e'tibor qaratishi meni tashvishga soladi. Hattoki ular saylovlar natijasiga ta'sir o‘tkazmagan bo‘lsa-da, ularning qamrovi juda kengligi barchaga ayon".
Tahlil davomida eng mashhur 20 soxta xabardan 17tasi Donald Tramp va Hillari Klintonga bag‘ishlangan bo‘lgan. Ikkita eng mashhur o‘ylab topilgan yangilikda Klintonning IShIDga qurol sotgani hamda Rim papasining Trampni qo‘llab-quvvatlagani ta'kidlangan. Respublikachiga qarshi materiallar atigi 3ta bo‘lgan: Mayk Pensning Mishel Obama haqida o‘ylab topgan sitatasi, Trampning g‘alabasidan xavfsirab qochayotgan amerikaliklarni Iralandiya qabul qilayotgani haqidagi yolg‘on ma'lumot va Ron Polning Trampga oid iqrori haqidagi asossiz xabar.
Bu ma'lumotlar ijtimoiy tarmoqda saylov oldi soxta yangiliklarining naqadar keng tarqalishi mumkinligini ko‘rsatadi. Facebook shundoq ham saylov oldi kampaniyalariga doir soxta yangiliklarning tarqalishi tufayli tanqid ostiga olindi. Biroq Mark Tsukerberg bunday soxta yangiliklarning saylovlar yakuniga ta'sir qilishiga oid taxminlarni "ahmoqona g‘oya", deb atadi.
BuzzFeed News Facebook'da muammolarni bartaraf etish uchun maxsus guruh tuzilgani haqida xabar bergan. O‘shanda xodimlardan biri platformada yolg‘on xabarlar tarqalganini tasdiqlagan. The Wall Street Journal gazetasi esa Google'ning AdSense'dan soxta yangiliklar saytlarini yo‘q qilishini ma'lum qilgan.
Bu hodisalarga - qanchalik ko‘p soxta yangiliklar chop etilgani va bunda Facebook'ning o‘rnini ko‘rsatib bergan Buzzfeed News tadqiqoti sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, Amerika siyosatiga doir 100dan ortiq saytlarning borligi aniqlangan.
Ending the Fed saytining paydo bo‘lganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q - endingthefed.com domeni joriy yilning mart oyida registratsiyadan o‘tgan. Shunga qaramay, Buzzfeed News tahliliga ko‘ra, uning ba'zi soxta maqolalari o‘z qamroviga ko‘ra, Washington Post va The New York Times kabi nufuzli nashrlarni ham ortda qoldirgan.
Facebook menejyerlaridan birining so‘ziga ko‘ra, "kompaniyaning ko‘p xodimlari ro‘y berayotgan voqealarni katta muammo deb hisoblashadi, biroq, aftidan, rahbariyatning bu boradagi fikri boshqacha ko‘rinadi".
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05 / 24.12.2024