Sport | 10:50 / 20.11.2016
8596
2 daqiqa o‘qiladi

APL. «Tottenhem»dan super «kambek»

Angliya premer-ligasining bugungi kun uchun mo‘ljallangan so‘nggi uchrashuviga London derbisi to‘g‘ri keldi. Nomiga munosib ravishda uchrashuv dramatik voqealarga boy tarzda o‘tdi.

Maurisio Pochettino boshchiligidagi jamoa ikki marta hisobda ortda qolishiga qaramay yakunda g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirishga muvaffaq bo‘ldi. Ayniqsa o‘yinning so‘nggi daqiqalarida «Tottenhem» haqiqiy qahramonlik ko‘rsatdi.

Avvaliga Luis Antonioning goliga Uinks ikkinchi bo‘lim boshida javob qaytargandi. Keyinroq Lansini belgilangan penaltini amalga oshirdi. O‘yin tugashiga bir daqiqa qolganda ham Slaven Bilich shogirdlari hisobda oldinda borishayotgandi. Biroq aynan shu daqiqadan boshlab Harri Keyn katta sahnaga chiqdi va ikki daqiqa ichida dubl qayd etib jamoasi uchun juda muhim bo‘lgan uch ochkoni keltirdi.

«Shporlar» hisobidagi ochkolar soni 24taga yetdi va jamoa 5-o‘ringa mustahkam joylashib oldi. 6-o‘rinda borayotgan «MYu»dan jamoa 5 ochko oldinda bormoqda. Peshqadam bilan oradagi farq esa 5 ochko.

«Vest Hem» esa 11 ochko bilan 17-o‘rinda qoladigan bo‘ldi.

APL
12-tur
Tottenhem – Vest Hem 3:2 (0:1)
Gollar:
 0:1 – 24 Antonio, 1:1 – 51 Uinks, 1:2 – 68, penalti Lansini, 2:2 – 89 Keyn, 3:2 – 90+1, penalti Keyn.
Tottenhem: Loris, Vertongen, Rouz, Uoker (Tripper, 89), Uinks, Vanyama, Eriksen, Dayyer, Dembele (Son Xyong Min, 72), Keyn, Yanssen (Alli, 68).
Vest Hem: Rendolf, Ogbonna, Rid, Kressuell, Antonio, Lansini, Kuyate, Payyet (Nordtveyt, 85), Obiang, Ayyu (Fernandesh, 61), Sako (Dzadza, 61).
Chetlatish: Rid (90+6, Vest Hem).

Mavzuga oid