Sport | 08:57 / 21.11.2016
7118
1 daqiqa o‘qiladi

Shaxmat qiroli toji uchun Karlsen va Karyakin o‘rtasidagi uchrashuv navbatdagi durang bilan yakunlandi

Foto: Seth Wenig / AP

Rossiyalik Sergey Karyakin va norvegiyalik jahon chempioni Magnus Karlsen o‘rtasida shaxmat bo‘yicha jahon chempioni unvoni uchun Nyu-Yorkda o‘tayotgan uchrashuvning 7-partiyasida ham durang natija qayd qilindi. Bu haqda Xalqaro shaxmat federatsiyasi saytida ma'lum qilindi.

Partiya 20 noyabrda o‘ynaldi. Karyakin ketma-ket ikki marta oq figuralar bilan o‘ynadi. Umumiy hisob 3,5:3,5. Qolgan 5 partiyadan uchtasida Karlsen partiyani oq figuralar bilan boshlaydi.

Navbatdagi partiya bugun, 21 noyabrda bo‘lib o‘tadi. 

Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritish uchun 55-uchrashuvda 12 ta partiya o‘ynaladi. G‘olib 6,5 ochko to‘plashi lozim. Agar durang natija qayd qilinsa, 30 noyabrda tay-breyk o‘tkaziladi. Uchrashuvning mukofot jamg‘armasi 1 mln dollarni tashkil qiladi.

 

Mavzuga oid