Sport | 09:43 / 21.11.2016
5685
1 daqiqa o‘qiladi

Jahonning birinchi raketkasi ATP turniri finalida g‘alaba qozondi

Foto: Kirsty Wigglesworth / AP

Jahonning birinchi raketkasi britaniyalik Endi Marrey serbiyalik Novak Jokovichni professional tennischilar uyushmasi – ATP’ning Londonda bo‘lib o‘tgan 2016 yildagi so‘nggi turnirida mag‘lub etdi. 

Marrey ikki setda raqibini 6:3, 6:4 hisobida dog‘da qoldirgan. Bellashuv 1 soat 43 daqiqa davom etgan. 

Shu bilan britaniyalik tennischi ATP yakuniy chempionatlaridagi ilk sovrinini qo‘lga kiritgan. Ta'kidlanishicha, mazkur yutuq Marreyning joriy yildagi 9-chi, faoliyatidagi 44-sovrinidir. Serbiyalik Jokovich esa, yilning yakuniy bahslarida besh marotaba raqiblaridan ustun kelgan. 

Marrey 6 noyabrda jahonning birinchi raketkasiga aylangan edi. So‘nggi g‘alaba tufayli u yangi yilni reytingning birinchi o‘rnida kutib oladi. 


 

Mavzuga oid