Erdo‘g‘an Isroilni tanqid qildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Isroil bilan munosabatlar normallashganini qayd etdi, biroq Isroilning falastinliklarga nisbatan siyosatiga tanqidiy qarashlaridan voz kechmadi va Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatish jarayoniga isroilliklar terrorchilik tashkiloti deb hisoblaydigan XAMAS harakatini qo‘shishni taklif qildi.
Turkiya prezidenti bu haqda Isroilning ikkinchi telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Erdo‘g‘anning bu intervyusi ikki davlatning ham yaqinlashayotgani, ham ular orasida ziddiyatlar saqlanib qolinayotganining navbatdagi isboti bo‘ldi.
"Men ishonamanki, biz munosabatlarni normallashtirishda ancha ilgariladik", deb aytgan Erdo‘g‘an. Erdo‘g‘anning so‘zlari subtitrlar yordamida yahudiy tiliga tarjima qilib turilgan. Erdo‘g‘anning intervyusi 21 noyabrda kechki payt namoyish qilingan.
Bir necha oy oldin Turkiya va Isroil 6 yillik o‘zaro uzoqlashishdan keyin munosabatlarni normallashtirish haqidagi kelishuvni imzolagandi.
Erdo‘g‘an XAMAS islom harakatini terrorchilik tashkiloti deb atashdan bosh tortmoqda va uning vakillari bilan muntazam aloqa qilib turishini aytgan. "Men bu masalalarda juda ochiqman, menda yashirincha maqsad yo‘q. Mening istagim shuki, biz bu mintaqada tinchlikka erishishimiz lozim", deb aytgan Erdo‘g‘an.
Erdo‘g‘an shuningdek Isroil Quddusning tarixiy markazida joylashgan al-Aqso masjidi ustidan nazoratni o‘z qo‘liga olmoqchiligini aytdi. "Quddus uch din uchun muqaddas joydir va hamma buni hurmat qilishi lozim", degan Erdo‘g‘an. Isroil bu ayblovlarni inkor qilmoqda.
Mavzuga oid
15:21
Isroil HHK qo‘mondoni Yamandagi husiychilarga hujumlarni kuchaytirish bilan tahdid qildi
14:07 / 25.12.2024
Isroilda favqulodda holat yana bir yilga uzaytirildi
16:05 / 24.12.2024
«Mossad» xodimlari «Hizbulloh» peyjerlari va ratsiyalarini portlatish amaliyoti qanday tayyorlanganini aytib berishdi
12:01 / 24.12.2024