Jamiyat | 16:59 / 23.11.2016
7019
2 daqiqa o‘qiladi

FQB Bred Pittning o‘g‘liga nisbatan zo‘ravonlik qilgani haqidagi ishni yopib qo‘ydi

Fll: Globallookpress.com

Federal qidiruv byurosi (FQB) amerikalik aktyor Bred Pitt o‘zining katta o‘g‘li Meddoks bilan beshafqat munosabatda bo‘lganiga hech qanday isbot topmadi.

"Tergov harakati to‘xtatildi", deb yozadi TMZ o‘z manbalariga asoslangan holda.

“FQB barcha holatlarni tekshiruvdan o‘tkazdi. Bu ish bo‘yicha hech qanday ayblovlar qo‘yilmadi”, — deb aytib o‘tdi nashrning maxsus xizmatdagi manbasi.

Shu tariqa, Pittdan Minnesota shtatida shaxsiy samolyotning to‘xtashi vaqtida sodir bo‘lgan ehtimoliy noxush hodisa bilan bog‘liq bo‘lgan barcha shubha-gumonlar olib tashlandi. 2016 yilning sentabrida Joli-Pitt oilasining parvozi davomida 52 yoshli Bred va 15 yoshli Meddoks o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgani xabar qilingandi. Noma'lum guvohlar Los-Anjyeles okrugining bolalar va oila masalalari bo‘yicha departamentiga ota o‘smirga jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik ko‘rsatgani haqida xabar qilishgan.

Avvalroq, Kaliforniya maxsus xizmati Pittning xatti-harakatlarida hech qanday shafqatsizlik alomatlarini aniqlamagani ma'lum bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, Pitt va Joli 2005 yildan beri munosabatda bo‘lib, 2014 yili turmush qurishgan. Juftlik 15 yoshgacha bo‘lgan olti farzandga ega.

Mavzuga oid