Jamiyat | 10:18 / 23.11.2016
9561
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Rossiya so‘nggi uch yil ichida mingga yaqin harbiy xizmatchisini yerga qo‘ydi

Foto: © TASS

Rossiya mudofaa vazirligi 2013 yildan to 2016 yilga qadar harakatdagi taxminan ming nafar harbiy xizmatchining dafn marosimiga pul to‘lagan. Buning uchun 52,3 million rubl sarflangan. Bu haqda vazirlikning rasmiy javobiga asoslanib, RBK xabar bermoqda.

Vazirlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, harakatdagi harbiy xizmatchining dafn etilish xarajati “0,25 foiz”dan ortmaydi. Yo‘naltirilgan pullarning katta qismi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va harbiy pinsionerlarning dafn marosimiga sarflangan.

Nashrning yozishicha, boshida mudofaa vazirligi boshqa ma'lumotlarni taqdim etgan edi. Unda harakatdagi harbiy xizmatchilarning dafn etilishiga 20,9 mlrd rubldan 5 foizdan ko‘p bo‘lmagan mablag‘ sarflangani yozilgan edi. Keyinchalik vazirlik bu chop etishdagi xato sabab noto‘g‘ri ma'lumot ekanligini ma'lum qildi. Noto‘g‘ri ketgan ma'lumotga ko‘ra, 2013 yilda dafn etilgan harakatdagi harbiylar soni 20 ming etib ko‘rsatilgan edi.

RBK tomonidan olib borilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, mudofaa vazirligi 2013 yildan buyon har yili 250 nafar harakatdagi harbiylarning dafn marosimini o‘tkazish uchun pul sarflaydi. 2016 yilda bu miqdor 277 nafar harbiyga yetgan.
Shuningdek, nashrning qayd etishicha, mudofaa vazirligi yo‘qotishlar bo‘yicha so‘nggi bor 2008 yilda ochiq hisobot bergan edi. O‘shanda har yili 471 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgani aytib o‘tilgan. Ularning yarimi o‘z joniga qasd etish orqali hayotdan ko‘z yumgan. 2009 yilda Rossiya bosh prokurori Yuriy Chayka armiyada 478 kishi halok bo‘lgani haqida gapirib o‘tgan edi. Shundan so‘ng besh yil davomida armiyadagi yo‘qotishlar haqida hech qanday ma'lumot taqdim etilmagan edi.
 

Mavzuga oid