Fan-texnika | 14:14 / 23.11.2016
4408
2 daqiqa o‘qiladi

Twitter o‘z asoschisining sahifasini vaqtincha yopib qo‘yishiga nima sabab bo‘ldi?

Foto: © Getty Images

Twitter asoschisi va bosh direktori Jyek Dorsi mikrobloglar xizmatidagi o‘z sahifasiga bir muddat kira olmay qoldi, deb yozmoqda The Wall Street Journal gazetasi.

Ta'kidlanishicha, uning shaxsiy akkauntiga yarim soatlar kira olmagan. Sahifasi qayta tiklanganidan keyin Dorsi akkauntida atigi 200 kishi obuna bo‘lganini ko‘rish mumkin edi. Biroq, bir muddatdan so‘ng, obunachilar soni avvalgi 3,8 mln kishiga yetgan. Dorsining o‘zi, bu hodisadan keyin Twitter sahifasida yozishicha, «ichki xato» tufayli shunday noxushlik yuz bergan.

Xabarlarga ko‘ra, kompaniya foydalanuvchilar spam yoki haqoratli xabarlar tarqatayotgan akkauntdan arz qilishsa, uni to‘sib qo‘yishadi. Bundan tashqari, xakerlar hujumiga uchragan sahifalar ham to‘siladi. 

Qayd etilishicha, kompaniya so‘nggi vaqtlarda qoidalarga zid faoliyat yuritadigan sahifalarni bloklashni ko‘paytirgan. 

Avgust oyida Twitter 235 ming sahifani terrorizmni targ‘ib qilgani uchun to‘sib qo‘ygan edi. 
 

Mavzuga oid