Sport | 09:34 / 24.11.2016
8006
1 daqiqa o‘qiladi

«Rostov»ga qarshi o‘yindan keyin germaniyalik futbolchilar bosh murabbiy ishini muhokama qilishdi

Germaniyaning “Bavariya” futbol klubi himoyachisi Mats Xummels Chempionlar Ligasining guruh bosqichida Rossiyaning “Rostov” klubiga mag‘lubiyatga uchrashgach, myunxenliklar yechinish xonasida jiddiy suhbat bo‘lib o‘tganini aytdi. Nemis klubi 5-chi turdagi ushbu bahsda rossiyaliklarga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, Karlo Anchelotti boshchiligidagi jamoa o‘tgan mavsum Xosep Gvardiola paytidagi darajada o‘yin namoyish etmayapti.

“Yechinish xonasida jiddiy gaplashib oldik. Men buni jurnalistlar bilan muhokama qilmoqchi emasman. Faqatgina bir narsani aytishim mumkin: bizda Gvardiola paytidagi o‘yin yo‘q”, - deb keltiradi Xummelsning so‘zlarini Tribuna.uz nashri.

Mavzuga oid