Jahon | 14:13 / 25.11.2016
8012
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya o‘z hududida Amerika raketa mudofaasini joylashtirish borasida o‘ylanmoqda

Foto: US Department of Defence

Yaponiya o‘z hududida Amerikaning THAAD raketa mudofaa tizimini joylashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bunga asosiy sabab sifatida Shimoliy Koreya tomonidan salohiyatli tahdidning yuzaga kelishi mumkinligi ko‘rsatilmoqda. Yomiuri online'da shu haqida ma'lum qilindi. 

Yaponiya mudofaa vaziri Timomi Inado joriy yilning dekabrida THAAD kompleksi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Tinch okeanidagi Guam oroliga tashrif buyuradi.

Shundan keyin, moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqib, yangi tizimni xarid qilish yoki undan voz kechishga doir yakuniy qaror qabul qilinadi. 

Shu yilning 19 avgustida yapon mudofaa vazirligi 2017 yil uchun 51 milliard dollar miqdoridagi rekord byudjyetga so‘rov bergan. Moliyaviy vositalarni havo mudofaa tizimlarini modernizatsiyalashtirish, yangi qurol namunalarini ishlab chiqish va xorijdan zamonaviy harbiy texnika xarid qilishga sarflash rejalashtirilmoqda. 

THAAD (Terminal High Altitude Area Defense) tizimi o‘rta radiusda harakatlanayotgan raketalarni yuqoridan ushlashga mo‘ljallangan. Bir kompleks bahosi 1,25 milliard dollarni tashkil qiladi. 
 

Mavzuga oid