Janubiy Koreya hukumati tarix darsliklariga "to‘g‘irlash" kiritdi
Janubiy Koreya ta'lim vazirligi 25 noyabr, juma kuni maktablardagi tarix darsliklariga kiritilgan rasmiy o‘zgartirishlar haqida ma'lum qildi. Bu haqida Ryonxap agentligi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "to‘g‘irlash" kiritilgan dasrliklar kelasi haftada foydalanishga topshiriladi.
Xususan, Koreyaning yapon mustamlakasidan ozod qilingan kuni - 1945 yilning 15 avgusti yangi o‘quv dasrliklarida "Koreya Respublikasiga asos solingan kun", deb ataladi.
Seul hukumatiga ko‘ra, KXDRga tegishli barcha ma'lumotlar tanqidiy nuqtai nazardan bayon qilinishi kerak.
Darsliklarda Koreya Respublikasining ilk ayol prezidenti - Pak Kin Xe (sobiq diktator Pak Chon Xining qizi) rahbarligi ostidagi hozirgi ma'muriyat haqidagi ma'lumotlar cheklangan bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:30 / 26.12.2024
Olimlar atigi 15 daqiqada olmos yaratishni o‘rgandi
17:51 / 26.12.2024
Janubiy Koreya parlamenti prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchiga ham impichment e’lon qilmoqchi
17:43 / 25.12.2024
Janubiy Koreya “o‘ta qari jamiyat” deb tan olindi
17:35 / 25.12.2024