Ashxabodda Barqaror transport taraqqiyoti tizimi bo‘yicha birinchi xalqaro anjuman boshlandi
Bugun Turkmaniston poytaxti Ashxabod shahridagi muhtasham anjumanlar saroyida Barqaror transport taraqqiyoti tizimi bo‘yicha birinchi xalqaro anjuman boshlandi, deb xabar qilmoqda Kun.uz tahririyati maxsus muxbirlari Bunyodbek Shamsutdinov va Maxsud Asqarov.
Dastlab Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tadbirga tashrif buyurgan yuqori martabali mehmonlarni kutib oldi. Anjumanga BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun kirib keldi. U mezbon davlat rahbari bilan birga anjumanga tashrif buyurgan davlatlar rahbarlarini hamda delegatsiyalari vakillarini kutib oldi.
So‘ngra, anjuman ishtirokchilarining suratga tushish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston tomonidan anjumanda Bosh vazir birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov, Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiyalar vaziri Elyor G‘aniyevlar ishtirok etmoqda.
Tadbirni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z so‘zida anjumanning ahamiyati haqida to‘xtalib, barqaror transport tizimida ishtirok etish barcha manfaatdor davlatlar uchun ochiqligini bildirdi.
Shundan so‘ng, so‘z BMT Bosh kotib Pan Gi Munga berildi. Bosh kotib barqaror transport tizimi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirar ekan, anjuman natijasida insoniyat kelajagi, yer yuzidagi ekologik vaziyatni yaxshilash borasida muhim masalalar muhokama etilishini aytib o‘tdi.
Ma'lumki, 2015 yilning dekabrida BMT Bosh Assambleyasi transport muammolariga oid ikkinchi rezolyutsiyani qabul qilgan va mazkur hujjatga binoan joriy yilning 26-27 noyabrida Ashxabodda barqaror transport tizimi bo‘yicha birinchi global konferensiyani o‘tkazishga qaror qilgandi.
Mavzuga oid
16:26 / 12.12.2024
Abdulaziz Komilov Turkmanistonning «Hurmatli el yoshullisi» unvoni bilan taqdirlandi
15:25 / 06.12.2024
Turkmaniston O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni ko‘paytiradi
19:33 / 05.12.2024
Turkmaniston O‘zbekiston bilan chegarada joylashgan bojxona postini foydalanishga topshirdi
18:02 / 05.12.2024