Jahon | 19:35 / 26.11.2016
27405
2 daqiqa o‘qiladi

Isroildagi cherkov azon aytilishiga qo‘yilgan taqiqqa o‘ziga xos tarzda javob qaytardi

Isroilning azonlarga nisbatan qilgan cheklovi ortidan cherkovlar o‘z noroziliklarini bildirishmoqda. Bu haqida Morocco World News nashri ma'lumotiga asoslanib, Yangidunyo.uz xabar bermoqda

Kuni kecha taqiqlarga javoban bir qancha fuqarolar o‘z uylarining tomlaridan bir vaqtda azon chaqirib norozilik bildirishgan edi. Bu holat tasvirga tushirilgan video esa internet tarmoqlarida keng omma orasida keskin bahs-munozaraga sabab bo‘lgan edi.

Musulmonlarga o‘z daldasini namoyish etish maqsadida Nasaro (Nazaret) shahridagi bir cherkov baland ovozda shahar uzra azon sadolarini yangratdi. Bu harakat musulmonlar tomonidan juda iliq kutib olindi. Bu ham musulmon va xristianlar o‘rtasidagi uzoq yillik do‘stlik aloqalarining bir nishonasi bo‘lib xizmat qildi. 

Aslida, azonga taqiq qo‘yilishiga asosiy sabab Quddusi sharif hokimi uyi oldida yahudiylar tomonidan uyushtirilgan azonga qarshi norozilik namoyishi bo‘lgan, deyiladi ayrim ma'lumotlarda.

 

Mavzuga oid