Jahon | 10:45 / 27.11.2016
4516
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi Zelandiya yaqinida yuz bergan kema falokati oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi

Foto: The Guardian

Yangi Zelandiyaning Oklend shahri sohillari yaqinida kema falokatga uchrashi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi va yana bir kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda politsiya ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda The Guardian nashri xabar bermoqda

Baliq ovlovchi kema Oklend yaqinidagi ko‘rfazlardan birida falokatga uchragan. 3 kishini qutqarib olishga muvaffaq bo‘lingan. 7 kishining jasadi suvdan chiqarib olingan. Bir kishi bedarak yo‘qolgan.

Voqea yomon ob-havo sharoiti tufayli yuz bergan bo‘lishi mumkin. Ma'lum qilinishicha, falokat oldidan voqea hududidagi to‘lqinlar balandligi bir metrgacha, shamol tezligi 13 metr/soniyaga yetgan. Qutqaruv ishlari yomon ob-havo sharoiti tufayli keyinroqqa qoldirildi. 

Qutqarib qolingan uch kishidan ikki nafari shifoxonaga yetkazilgan, yana birining ahvoli barqaror.

Mavzuga oid