Jahon | 14:17 / 27.11.2016
12213
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya prezidenti yana bir tovlamachilikda ayblandi

Foto: AP

Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe yana bir tovlamachilik ishida aloqador bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Renxap” agentligi xabar bermoqda.

Prokuratura prezidentning yaqin dugonasi bo‘lmish Tsoy Sun Silga aloqador Chxa Un Tekka nisbatan rasman ayblov qo‘ydi. Ayblovga ko‘ra, Chxa Un Tek reklama agentliklaridan birining aksiyasini sotib olishda tovlamachilik qilgan. Prokuraturada shu narsa oydinlashdiki, prezident Pak Kin Xe yuqori mansabli davlat amaldoriga mazkur kelishuvni qo‘llab-quvvatlashga ko‘rsatma bergan.

Prezidentning dugonasi Tsoy Sun Silga nisbatan 20 noyabr kuni korrupsiya mojarosi bilan bog‘liq rasmiy ayblov qo‘yildi. O‘shanda prokuratura mamlakat prezidenti mana shu mojaroning ma'lum bir qismiga o‘z hissasini qo‘shgan, deb ma'lum qilgan edi.

Mavzuga oid