Sport | 21:29 / 28.11.2016
9107
2 daqiqa o‘qiladi

RFI: «Krasnodar»ning g‘alaba goli ofsayddan urildi, Vitaliy Denisov maydondan haydab chiqarilishi kerak edi

Rossiya futbol ittifoqining hakamlik va inspektorlar ishi departamentining OAV bilan aloqalar bo‘yicha rasmiysi Leonid Kaloshin "SE" nashriga bergan intervyusida Rossiya chempionatining 15-turida hakamlar jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ygani haqida aytdi.

Uning aytishicha, "Lokomotiv" va "Ural" uchrashuvi vaqtida hakam Vladimir Seldyakov Vitaliy Denisovni maydondan haydamay xato qaror qilgan. U "Krasnodar" - "Zenit" uchrashuvi oxirida hakam yordamchisi mezbonlarning ikkinchi goli urilishi vaqtida ofsayd holatini qayd etmasdan xatoga yo‘l qo‘yganini ma'lum qilgan.  

- "Lokomotiv" – "Ural" o‘yini vaqtida Vladimir Seldyakov Vitaliy Denisovga qizil kartochka ko‘rsatmadi. Arbitr faqat sariq kartochka bilan kifoyalanib to‘g‘ri qildimi?
– Vaziyat ochiq-oydin ko‘rinib turgandi: hakam xato qaror qabul qildi. "Lokomotiv" kamchilik bo‘lib qolgach, raqibning gol urish imkoni oshgan bo‘lardi. Vitaliy Denisovga qizil kartochka ko‘rsatilib, u maydondan haydalishi kerak edi.

Krasnodardagi o‘yin oxirida yon qanot hakami Aleksey Vorontsov Izmaylov "o‘yindan tashqari holat"da qolganini qayd etmadi, shu tufayli Igor Shalimov jamoasi gol urdi.
– Bu ham ko‘rinib turgan vaziyat edi. Assistent ofsaydni ko‘rsatmay xato qildi. Bu esa "Krasnodar" foydasiga ishladi.

"Lokomotiv" – "Ural" uchrashuvining 50-daqiqasida mehmonlar hujumchisi Georgiy Chanturiy darvozabon bilan yakkama-yakka holatga chiqib ketayotganida Vitaliy Denisov ortdan uni chalib yiqitgandi. Qoidalarga ko‘ra, bunday fol uchun qizil kartochka ko‘rsatiladi, ammo Seldyakov faqat sariq kartochka bilan kifoyalandi.

 

Mavzuga oid