Harvard talabalari 1919 yili Bostonda yuz bergan fojia sabablarini aniqlashdi
1919 yil yanvarida Boston port omborxonalari hududida yuz bergan yirik halokat sababiga oydinlik kiritildi. O‘shanda, kraxmaldan olinuvchi quyuq qora modda solingan yirik hajmli idish portlagan edi. Harvard universiteti talabalari ushbu portlash nima sababdan yuz berganini aniqlashgan.
"Ulkan idishning qopqog‘i havoga uchmasdan biroz avval kuchli portlash ovozi eshitildi, - deb tasvirlagan edi The New York Times gazetasi o‘sha voqea haqida yozar ekan. - 2 mln gallon (9,4 mln litr)ga yaqin quyuq modda ko‘chalar bo‘ylab oqqan, bir necha binoni portlash kuchi bilan yopishqoq vayrona bo‘laklariga aylantirgan edi... Vagonlar, aravalar va yuk mashinalar ag‘darilgan, bir nechta ot o‘ldi. Yo‘llar yopishqoq modda bilan to‘lgani bois, transport harakati to‘xtatildi".
Falokat oqibatida 21 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 150ga yaqin odam turli darajada tan jarohati olgandi. Patokaning zarba kuchi shunchalik bo‘lganki, o‘t o‘chirish bo‘limi binosi poydevori bilan ag‘darilgan edi.
"Salkam yuz yil davomida nima uchun portlash bu qadar kuchga ega bo‘lganini hech kim izohlay olmagan, - deb yozadi gazeta. – Biroq, Harvard universitetining o‘qituvchi va talabalaridan iborat guruh Amerika fizika jamiyatidagi uchrashuvda ushbu voqeaga nima sabab bo‘lganiga oid fikrlarni ilgari surgan. Ularning aniqlashicha, Karib dengizi havzasidan Boston portiga kelgan yirik hajmli bakning ichidagi moddaning harorati port havo haroratidan yuqori bo‘lgan. Shu bilan portlash uchun ajoyib sharoit paydo bo‘lgan".
Bundan tashqari, portga kelganidan so‘ng, patokani suyultirish uchun yana qizdirishgan. Ikki kundan so‘ng, patoka harorati havo haroratidan farqi 4-5 darajaga yetganda portlash ro‘y bergan. Olimlar o‘z gipotezalarini dastlab, makkajo‘xori siropi, so‘ngra patokaning o‘zidan foydalangan holda sinab ko‘rishgan. Gazetaning yozishicha, halokatning modellashtirilgan tajribasi fojianing aynisini deyarli takrorlagan.
Shuningdek, halokatga olib kelgan sabablardan yana biri patoka saqlangan bakning holatidir. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, bak devorlari bu kabi mahsulotni saqlash uchun talab qilingan me'yordan kamida 50 foiz ingichkaroq bo‘lgan hamda sifatsiz po‘latdan yasalgan.
Mavzuga oid
17:38
Turkiyada portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi zavodda portlash sodir bo‘ldi
16:56 / 22.12.2024
Farg‘onada portlash sodir bo‘lgan zapravka buzilmoqda - video
19:58 / 19.12.2024
“Bu shahar ichidagi, hamma qarshi bo‘lgan bomba edi” - Farg‘onadagi portlash haqida guvohlar nima deydi?
10:59 / 18.12.2024