Formula-1 rullarining evolyutsiyasi tasvirlangan rolik namoyish etildi
Donut Media kanali 1950 yildan boshlab 2014 yilga qadar Formula-1 mashina rullarining evolyutsiyasi tasvirlangan rolikni namoyish etdi.
Videoga Stirling Moss, Grem Xill, Jyeyms Xant, Ayrton Senna, Mixael Shumaxer va boshqa taniqli poygachilarning qo‘llari tekkan rullar kiritildi.
Boshlang‘ich nuqta sifatida Mossning ismi tamg‘alangan 1957 yilgi rul namunasi belgilandi. U alyuminiy ramka va yog‘och dastadan yasalgan.
1980 yilgacha poyga mashinalarining asosiy boshqaruv organi qandaydir tugmalar yoki kalitlarsiz «bo‘sh» qolardi, hozirgi rul shakliga o‘xshash namuna esa (ya'ni dumaloq) navbatdagi o‘n yillikda paydo bo‘ladi.
Hozirda Formula-1 rullari katta miqdordagi turli xil tugmalarga ega bo‘lgan murakkab asbobga aylangan. Ular yordamida agregatlarni sozlash yoki poygachiga suv yetkazib berish imkoni mavjud.
Mavzuga oid
17:07 / 25.11.2024
Ferstappen qatorasiga to‘rtinchi marta «Formula-1» poygalari chempioni bo‘ldi
12:54 / 05.10.2024
Hindistonlik erkak noodatiy avtomobillar kolleksiyasi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
23:50 / 07.10.2023
Ferstappen qatorasiga uchinchi marta Formula-1 bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
17:58 / 01.09.2023