Sport | 19:03 / 29.11.2016
6671
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zmun o‘zini Messi bilan solishtirmaslikni so‘rab, kumiri boshqa futbolchi ekanini aytdi

«Rostov» jamoasining eronlik hujumchsi Sardor O‘zmun «R-Sport» nashriga bergan intervyusida qaysi futbolchiga o‘xshashga intilishi haqida aytib o‘tdi.

- «Barselona» va «Real»dan qaysi birini zo‘r deb bilasiz?

– Men uchun «Real».

- Sizni Lionel Messi bilan solishtirishadi. Bunga qanday qaraysiz?

– Men bu haqida yuzinchi marta aytayapman. Meni «Eronlik Messi» deb chaqirishlarini yoqtirmayman. Men u kabi o‘ynashni yoqtirmayman. Men raqiblardan o‘tib ketishda u kabi dribling ishlatmayman. Meni unga o‘xshatishlari ham tushunarsiz.

- Unda kimga o‘xshatishlarini istardingiz?

– Zlatanga.

- Demak, siz u kabi o‘ynaysiz?

– Yo‘q, lekin men uning o‘yiniga havas qilaman va u kabi bo‘lishga intilaman. Men hozir u kabi o‘ynayapman deb o‘ylamayman.

- Zlatan – yetarlicha ziddiyatli shaxs-ku.

– Ehtimol. Lekin men faqat uning maydonda qanday o‘ynashini bilaman, shaxsiy hayotda qanday odamligini emas. Lekin ishonchim komilki, u haqiqiy jyentlmen.

Mavzuga oid