25 yillik tanaffusdan keyin O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi aviareyslar qayta tiklanmoqda
2017 yilning yanvar oyida, 25 yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston va Tojikiston poytaxtlari o‘rtasidagi aviaaloqalar qayta tiklanadi. Bu haqida "Xovar" milliy axborot agentligi Tojikiston Respublikasi transport vazirligi fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi boshlig‘i Yusuf Rahmonga asoslanib, xabar berdi.
"Mazkur reysning qayta tiklanishiga doir protokol bugun, 30 noyabrda, Dushanbe shahrida ikki mamlakat transport idoralari tomonidan imzolandi", - deya ta'kidladi u.
Manbada ta'kidlanishicha, hamkorlikka oid protokolga muvofiq Dushanbe-Toshkent-Dushanbe reysi haftada ikki marta Tojikistonning "Somon-Eyr" va "O‘zbekiston Havo Yo‘llari" aviakompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Yusuf Rahmonning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbek transportchilari delegatsiyasi va tojik mutaxassislar Dushanbeda "bo‘lg‘usi aviareyslarning soni va rentabelligi, parvozlar geografiyasi"ni muhokama qilishgan.
"Tojikiston va O‘zbekistonning boshqa shaharlaridan ham ikki tomonlama parvozlarni yo‘lga qo‘yish imkoni paydo bo‘lishi ehtimoldan xoli emas", - deya qo‘shimcha qildi u.
O‘zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha Davlat inspeksiyasining rahbar o‘rinbosari Oleg Lim boshchiligidagi delegatsiya barcha turdagi havo kemalarini qabul qilishga tayyorgarlik ishlari bilan tanishish uchun Tojikiston xalqaro aeroportida bo‘ldi.
Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi aviaparvozlar 1992 yilda to‘xtatib qo‘yilgan edi.
Mavzuga oid
19:32 / 14.12.2024
Qanot Sharq bayram kunlariga rejalashtirilgan qator reyslarini bekor qildi
10:59 / 26.10.2024
Yaqin Sharqdagi keskinlashuv sabab bir qancha aviareyslar yo‘nalishi o‘zgardi
09:28 / 05.11.2020
Air Arabia aviakompaniyasi Sharja-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk reysini amalga oshirdi
08:45 / 04.09.2020