Jahon | 08:00 / 30.11.2016
3674
1 daqiqa o‘qiladi
AQShning Tennessi shtatidagi yong‘inlar qurbonlarga olib keldi
AQShning Tennessi shtati rahbariyati shtatdagi o‘rmon yong‘inlari 3 kishining halok bo‘lishiga va yana 12 kishining jabrlanishiga sabab bo‘lganini ma'lum qildi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.
Sevi okrugi meri Larri Uoters esa ayni vaqtda shahar rahbariyati halok bo‘lganlar haqida ma'lumotga ega emasligini aytdi.
Ma'lum qilinishicha, yong‘inlar hududidan 14 mingdan ko‘proq odam ko‘chirilgan. Ayni vaqtda o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirishga harakat qilmoqdalar.