Fan-texnika | 10:43 / 30.11.2016
5508
2 daqiqa o‘qiladi

«Ford» yangi xetchbek tashqi ko‘rinishini oshkor qildi

Foto: Motor.ru

Ford’ning Yevropa bo‘linmasi yangi avloddagi Fiesta xetchbekining rasmiy suratlarini chop etdi. U jahon premerasiga bir necha soat qolganida paydo bo‘lgan. Model Germaniyadagi maxsus tadbirda 29 noyabr kuni kechqurun taqdim etildi.

Tasvirda ST-Line nusxasi yo‘nalishidagi besh eshikli xetchbekni ko‘rish mumkin. U ancha tajovuzkor to‘gichlarga ega bo‘lib, 10 kegayli disklarga ega. Yangi avloddagi modelning dizayni hozirgi “Fokus”ni eslatib yuboradi. Biroq, radiatorning tezda ko‘zga tashlanuvchi panjarasi va avvalgi “Fiyesta”ga o‘xshash faralar qolgan.

Ford hozircha hech qanday texnik tafsilotlarni oshkor etmadi. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, yangilikning motor gammasiga uch va to‘rt silindrli dvigatellar o‘rnatiladi. 

Taxminlarga ko‘ra, Fiesta yangi xetchbeki ketayotgan model platformasini saqlab qolgan va avvalgidek besh hamda uch eshikli variantlarda taklif qilinadi.
 

Mavzuga oid