Jahon | 10:10 / 30.11.2016
17048
2 daqiqa o‘qiladi

Sayyoramiz 32 yil ichida qanday o‘zgarishlarga duch keldi?

Google kompaniyasi Google Earth loyihasi doirasida ishlab chiqilgan Timelapse servisini yangiladi. Foydalanuvchilar earthengine.google.com saytida 1984 yildan buyon sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni ko‘rishlari mumkin. 

Bundan tashqari, Google YouTube'da bir necha eng ta'sirli taymlapslarni chop etdi. Unda shaharlarning o‘sishi, muzliklarning erishi, dengizlarning qurishi va ko‘plab boshqa narsalarni kuzatasiz. 

Eng yaqqol o‘zgarishlarni o‘rganib, interaktiv xaritani ko‘lamlashtirish mumkin. Saytda ekologlarda xavotir uyg‘otayotgan 8 mintaqa alohida ajratilgan: Orol dengizining qurishi, Alyaska muzliklarining erishi, Amazon o‘rmonlarining asta-sekin yo‘qolib borayotganligi va boshqalar. 

Servis 2013 yilda ishga tushirilgan. Loyihani amalga oshirish uchun Landsat loyihasi sayyoraning yo‘ldosh orqali olingan suratlarini taqdim etdi. Ushbu loyiha AQShning geologik xizmati va NASA tomonidan nazorat qilinadi. 1970-yillarning oxirlaridan ularning sun'iy yo‘ldoshi sayyorani suratga olgan, suratlar esa arxivga uzatilgan. Google loyiha ustidan 2009 yilda ish boshlagan bo‘lib, hozirga qadar 5 milliondan ortiq suratlarni ishlagan. 

Mavzuga oid