Light | 08:35 / 30.11.2016
11393
3 daqiqa o‘qiladi

Jurnalist 500 dan ko‘proq millionerning hayotini o‘rganib, ular haqida qiziqarli xulosaga keldi

Foto: Thinkstock

80 yil avval jurnalist Napoleon Xill AQShdagi badavlat va muvaffaqiyatli erkaklarning taqdirini tadqiq qilib, ularni bir-biri bilan taqqoslagan. U o‘zining tadqiqoti natijasini "O‘yla va boy bo‘l" deb nomlangan kitobida bayon qilgan. U bu kitobida boyroq bo‘lishga yordam beruvchi 13 prinsip haqida so‘zlagan.    

Kitobdagi bayon qilingan 10-prinsip "muhabbat energiyasini ijodga aylantirish" deb ataladi. Uning aytishicha, muhabbat va ehtiros muvaffaqiyatli va badavlat bo‘lishni belgilovchi omillardir.

Xill shunday yozgan: "Inson tuyg‘ularidan eng qudratlisi muhabbat va ehtiros hisoblanadi. Hamma odamlardan sevish tuyg‘usi kuchli rivojlangan va uning yonida uni qo‘llab-quvvatlovchi ayol bo‘lgan odam eng katta muvaffaqiyatlarga erishadi".

Bugungi kunda, shuncha vaqt o‘tgach biz xuddi shu fikrni muvaffaqiyatli ayollardan eshitmoqdamiz. "Mening kareramdagi eng muhim tanlov turmush o‘rtog‘imni tanlaganim bo‘lgan", deb aytmoqda Facebook ijrochi direktori Sheril Sendberg. Bu ayolning taxminiy boyligi 1,1 mlrd dollarni tashkil qiladi.

Sent-Luisdagi Vashington universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot tushunuvchi va farosatli turmush o‘rtoqning mavjudligi yaxshi maosh olishga imkoniyatlarni oshirishini ko‘rsatdi: "Juda rostgo‘y va tushunuvchan turmush o‘rtoqqa ega xodim tushunishni istamaydigan, beg‘am turmush o‘rtoqqa ega xodimdan ko‘ra 50 foizga ko‘proq ehtimol bilan xizmat pillapoyalaridan yuqoriga ko‘tariladi".

Farosatli, dono turmush o‘rtoqlar o‘z juftlariga kareralariga o‘z e'tiborlarini qaratishga ijozat berishga katta darajada moyildirlar. Bundan tashqari, muvaffaqiyatli turmushga chiqqan yoki uylangan odamlar uylarida bezovtalik sezmaydilar, bu esa ularga ishlari va ijodlari uchun ko‘proq energiya tejashga imkon beradi.   

Xill erkaklarni tahlil qilgan va asosan ular uchun o‘z fikrlarini yozganiga qaramasdan, u o‘zi bilmagan holda sog‘lom munosabatlar moliyaviy farovonlikning eng muhim tashkil etuvchisi ekanligi haqidagi xulosaga kelgan. Mana 80 yil o‘tgach biz va siz bu prinsip ikki tomonga ham birdek ta'sir qilishini bilamiz.

 

Mavzuga oid