Sport | 00:19 / 03.12.2016
11581
1 daqiqa o‘qiladi

Karyakin: Kasparov hamma ishni rossiyaliklarga qarshi qilgani uchun Karlsenga muxlislik qildi

Kuni-kecha shaxmat toji unvoni uchun bahs olib borgan rossiyalik shaxmat ustasi Sergey Karyakin shaxmat bo‘yicha 13-jahon chempioni Garri Kasparovning norvegiyalik jahon chempioni Magnus Karlsenga muxlislik qilganiga izoh berdi.

"Meni Kasparov Karlsenga muxlislik qilgani bezovta qilmadi, chunki men u bilan umuman muloqot qilmayman. Mening ishim – shaxmat o‘ynash. U esa rossiyaliklarga qarshi ish qiladi va tabiiyki, u Karlsenni qo‘llab-quvvatlagan", deb aytdi Karyakin "Realnaya igra" dasturi efirida.

Karyakin va Karlsen o‘rtasida shaxmat toji uchun kechgan bahs norvegiyalikning g‘alabasi bilan yakunlandi va u chempionlik tojini o‘zida saqlab qoldi.

 

Mavzuga oid