“Uddaburon” hisobchining “faoliyati”ga chek qo‘yildi
Umid To‘raxonov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) yetti-sakkiz yildan buyon maktabda hisobchi bo‘lib ishlaydi. Keyingi yillarda nafs balosiga yo‘liqib, birovning haqini o‘zlashtirishga berilib ketdi. Bunda unga xodimlarning plastik kartochkalari qo‘l keldi. Dastlab o‘z plastik kartochkasiga har oyda ortiqcha pul tashlashni boshladi. Natijada 2013-2015 yillar mobaynida 11 mln. so‘m mablag‘ni o‘zlashtirib yubordi, deb xabar beradi “Huquq” gazetasi.
U nafaqaga chiqqan o‘qituvchilarning plastik kartochkalarini o‘zida saqlab yurgani ham bejiz emasdi. Ularga ro‘yxat bo‘yicha ish haqi yozib bordi. Yillar davomida bu mablag‘lar uning jig‘ildonidan joy olaverdi. Jumladan, Nigora Jo‘rayeva nomiga 21 mln. 410 ming so‘m, Shahnoza Amonova nomiga 20 mln. 803 ming so‘mni o‘tkazib yubordi. Bundan tashqari, ishdan bo‘shab ketgan sobiq o‘qituvchi Muhtarama Beknazarovaning plastik kartochkasi hisobiga 2 mln. 656 ming so‘m sof foyda keltirdi.
Hisobchining samarali “faoliyati” davomida 49 mln. 63 ming so‘m mablag‘lar o‘zlashtirilib, talon-toroj qilindi.
Vaqti kelib hisobchining nayranglari fosh bo‘ldi. Sud Umid To‘raxonovni aybiga yarasha jazoladi. Shuningdek, u tergov mobaynida zararni to‘liq qopladi.
Mavzuga oid
11:34 / 23.12.2024
Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda
16:45 / 22.12.2024
Jizzaxda tadbirkorning binosi uchun foydalanishga ruxsatnoma olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
09:50 / 18.12.2024
Yevropada keksa kishilarni aldagan firibgarlar tarmog‘i fosh etildi
15:10 / 13.12.2024