O‘zbekiston | 06:05 / 04.12.2016
6829
2 daqiqa o‘qiladi

Xorijdagi o‘zbekistonliklar Prezident saylovida ovoz berishni boshladi

Foto: Uz24

O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzuridagi saylov uchastkalari birinchilardan bo‘lib ochildi.

O‘zA xabariga ko‘ra, birinchi bo‘lib Yaponiya va Janubiy Koreyadagi, so‘ng Xitoydagi o‘zbekistonliklar ovoz bera boshladi.

O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida 44 saylov uchastkaci tashkil qilingan. Ular 14-Toshkent shahar saylov okrugiga biriktirilgan.

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi huzurida tuzilgan 34-saylov uchastkasi Toshkent vaqti bilan 02:00 da ochildi. Ushbu saylov uchastkasida 500 dan ortiq saylovchi ro‘yxatga olingan.

«Barcha yurtdoshlarimiz kabi Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar ham yuksak huquqiy madaniyati va fuqarolik pozitsiyasini namoyon etib, saylovda faol ishtirok etmoqda. Ovoz bergandan keyin ham hech kim ketayotgani yo‘q. Jonajon mamlakatimiz, u yerda bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida suhbatlashishmoqda», deyilgan xabarda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ovoz berish davom etmoqda.

Mavzuga oid