Sport | 19:23 / 04.12.2016
10833
1 daqiqa o‘qiladi

Murat Gassiyev ilk og‘ir vaznda IBF chempioni bo‘ldi

Foto: Viktor Vasenin /RG

Rossiyalik bokschi Murat Gassiyev vatandoshi Denis Lebedevga qarshi IBF tasnifida  jahon chempionligi uchun ringga ko‘tarildi, deb xabar qilmoqda "R-Sport". U raqibidan ustun kelib,  IBF tasnifining ilk og‘ir vaznida jahon kamarining yangi sohibiga aylandi. 

Jang 3 dekabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tdi. 37 yoshli Lebedev, shunindek, WBA (Super) unvoniga ham ega. Ammo Gassiyev bilan jangda, Murat faqatgina IBF bo‘yicha da'vogar bo‘lgani sababli, bu kamar uchun kurash bormagan. 

Denis Lebedev o‘zining professional faoliyati davomida 29 marta g‘alaba qozongan, shundan 22 tasi nokautdir. Uch marta mag‘lubiyat alamini tortgan. 23 yoshli Gassiyev esa 24-marta g‘alaba qozondi. U 17 bor raqiblarini nokautga uchratib, g‘alaba nashidasini surgan. 


 

Mavzuga oid