Iqtisodiyot | 22:39 / 05.12.2016
8123
1 daqiqa o‘qiladi

WSJ: Maykl Blumberg tamaki chekishga qarshi kurashga 360 mln dollar ajratmoqchi

Foto: Getty Images

AQShlik milliarder Maykl Blumberg 2017 yildan 2022 yilgacha tamaki chekishga qarshi kurashga 360 mln dollar ajratmoqchi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.

Nashrning ta'kidlashicha, bu mablag‘lar maqsadi past va o‘rtacha daromadga ega davlatlarda tamaki mahsulotlariga soliqlarni oshirish, tamaki tutunidan xoli bo‘lgan hududlarni yaratish qonuni va tamaki iste'mol qilishni cheklashga qaratilgan boshqa strategiyalarni amalga oshirish bo‘lgan kampaniya uchun ishlatiladi. 

Nyu-Yorkning sobiq meri oxirgi o‘n yil ichida rivojlanayotgan davlatlarda tamaki chekishga qarshi 100 millionlab dollar sarflagan. Ta'kidlanishicha, dunyoda tamaki chekish darajasi kamayotgan hozirgi vaqtda u o‘z kampaniyasini kengaytirmoqchi.   

 

Mavzuga oid