Bayden AQShning kelgusi prezidentlik saylovidagi ishtirokiga oydinlik kiritdi
AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden kelgusi prezidentlik poygasida ishtirok etishi xususida bayonot berdi, deya xabar qilmoqda Fox News telekanali.
Shu bilan Bayden uchinchi marotaba prezidentlik kursisi uchun kuchini sinab ko‘radi.
«Men 2020 yili nomzodimni ilgari surmoqchiman», — degan Bayden.
Jurnalistlar uning hazillashmayotganiga qiziqishgan. Amaldagi vitse-prezident esa biroz uzoq sukut saqlaganidan so‘ng, haqiqatdan ham Amerika prezidentligi uchun kurashmoqchi ekanini ta'kidlagan.
Agar 74 yoshli Bayden nomzodini ilgari suradigan bo‘lsa, Amerika tarixidagi eng keksa davlat rahbari bo‘lish uchun imkoniyatga ega bo‘ladi. Hozircha, bu unvon 70 yoshli Donald Trampga tegishli.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
20:16 / 24.12.2024
WP: Bayden Putinga «xayrlashuv zarbasi» - Rossiya energetikasiga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40 / 24.12.2024