Jamiyat | 19:56 / 06.12.2016
5540
2 daqiqa o‘qiladi

Merkel tana va yuzni butunlay yopib turuvchi kiyimlarni qisman taqiqlashga chaqirdi

Foto: AP

Germaniya kansleri Angela Merkel mamlakatda tana va yuzni butunlay yopib turuvchi (burka, niqob) kiyimlarni qisman taqiqlashga chaqirdi, deb xabar beradi Bayerischer Rundfunk teleradiokompaniyasi.

Burka va niqob – musulmonlar davlatlarida tana va yuzni butunlay yopib turuvchi hamda ko‘zlarga mo‘ljallab kichik chiziq ochib qo‘yilgan kiyim turi hisoblanadi.

Merkelning so‘zlariga ko‘ra, Germaniyada “kishilar o‘rtasidagi aloqalar” jarayonida “yuzni ko‘rsatish” qabul qilingan. “Shuning uchun bizda yuz va tanani butunlay yopib turuvchi kiyimlarni kiyish qabul qilinmagan. Uni deyarli barcha joyda taqiqlash lozim”, - deya ma'lum qildi kansler Xristan-demokratlar ittifoqining Essendagi s'yezdida.

Avvalroq, mamlakatda bunday kiyimlarni qisman taqiqlash g‘oyasini IIV rahbari Tomas de Mezer ham qo‘llab-quvvatladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, nemis jamoatchiligida yuzni soliq idorasi, davlat tashkilotlari, maktablar, universitetlar va sudda ko‘rsatish shart.
 

Mavzuga oid