Jahon | 16:41 / 06.12.2016
16922
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya bosh vaziri IShID va "Al-Qoida"ning kelib chiqish sabablarini aytib o‘tdi

© AP Photo

Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirimning fikricha, ulkan xalqaro terroristik tashkilotlar muhim mintaqaviy masalalarga bepisandlik bilan qarash ortidan ro‘y beradi.

"Kurdiston ishchilar partiyasi, IShID, "Al-Qoida", "Boko haram" — bular barchasi mintaqaviy muammolarni o‘n, yuz yillar davomida hal etmaganlik oqibatida paydo bo‘lgan", — degan Yildirim Rossiyadagi talabalar bilan uchrashuv vaqtida.

U "agar bu muammolar o‘z vaqtida hal qilinganida bugungi og‘ir vaziyat yuzaga kelmagan bo‘lardi", deya ta'kidlagan.

"Hozirda bu muammolarni hal qilish juda qiyin, bu muammolar insoniyat uchun boshqa ko‘plab muammolarni tug‘dirishda davom etmoqda", — deya qayd etgan turkiyaliklar bosh vaziri.

U mavjud mintaqaviy muammolar hal etilmasa, ular tez orada kengayib, global miqyosga ko‘tarilishidan ogohlantirgan.

"Butun dunyo, barcha mamlakatlar bir-biriga bog‘liq. Hech kim shunday deya olmaydi: "Menga Turkiyada nima bo‘lishi farqsiz, Rossiya, Iroq yoki Suriyada nima bo‘layotgani bilan ishim yo‘q".

"Biz bu mintaqadagi vaziyatga befarq qarab tura olmaymiz. Ularning muammolari, ularning muvaffaqiyatlari, ularning fojiasi barchaga tegishli", — deya qayd etgan Turkiya bosh vaziri.

Mavzuga oid