Iqtisodiyot | 18:55 / 07.12.2016
11803
2 daqiqa o‘qiladi

Jahon iqtisodiyotida keyingi yili yuz berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar ma'lum qilindi

Saxo Bank investitsion banki kelasi yili jahon iqtisodiyotida kuzatilishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy o‘zgarishlar haqida o‘z taxminini ilgari surdi. Bu haqda RNS tegishli hisobotga tayanib xabar bergan.

Ma'lum bo‘lishicha, bank mutaxassislari Brexit hech qachon yuz bermasligini, Buyuk Britaniya esa Yevropa Ittifoqi tarkibida qolishini aytib o‘tishdi.

«YeI muzokaralar jarayonida muhojirlik va pasportlashtirish masalalarida bir qadar yon bosadi. Bu holat Britaniyaning moliya sektoridagi kompaniyalari bilan yuz berishi mumkin. Parlamentga 50-Moddani ishlatish bo‘yicha ovoz berish jarayoni chiqarilgunga qadar esa vaziyat yangi kelishuv tomonga o‘zgarishi ham mumkin», - deya ma'lum qilgan Saxo Bank ekspertlari.

Shuningdek, AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlari mamlakatda vahima uyg‘otishi va iqtisodiyotga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkinligini xabar qilingan.

Bundan tashqari, bank 2017 yilda meksika pesosi qiymatining keskin ravishda oshishini kutmoqda. Bu holat Trampning “Meksika masalasini hal etish”dagi mag‘lubiyati sabab yuz berishi mumkin.

Mavzuga oid