Jahon | 18:30 / 08.12.2016
81160
8 daqiqa o‘qiladi

AQSh ko‘z olaytirayotgan navbatdagi davlatlar

AQShning rivojlanayotgan mamlakatlarga ta'sir o‘tkazishi oddiy tizimga asoslangan: ular ertami-kechmi buning tovonini davlat mulki bilan, Amerika biznesini kiritish yoki harbiy bazasini joylashtirish orqali to‘lashlariga to‘g‘ri keladi. 

15 yil deganda Gruziya, keyin esa Ukraina Rossiya ta'siri ostidan chiqib ketdi. O‘tgan hafta esa Qirg‘iziston ham siyosiy bayonot bilan chiqdi: mamlakat prezidenti Rossiya harbiy bazasidan qutulish istagini bildirdi. Amerika tashqi siyosiy mashinasining joriy moliyaviy yil uchun taqdim etgan byudjyet loyihasiga bergan tushuntirish xatidan ma'lumki, Qirg‘iziston — AQSh Davlat departamentining MDH davlatlaridagi ustuvor nishonlaridan biri. 

Xayrli ishlarni moliyalashtirish hajmi bo‘yicha Qirg‘izistondan tashqari, Armaniston, Tojikiston va Moldova alohida qayd etilgan — so‘nggi ikki yilda ularga safarbar etilgan byudjyetlar 3 hissa oshib, bir necha o‘n   million dollarni tashkil etdi. Armaniston - 26,4 million dollar, Tojikiston - 41,6 million dollar, Qirg‘iziston - 51,8 million dollar, Moldova - 59,1 million dollar. 

Foto: © L!FE
Foto: © L!FE
Foto: © L!FE
Foto: © L!FE

Bu Belarus (9 million dollar), Qozog‘iston (8,8 million dollar), Ozarboyjon (12,9 million dollar), Turkmaniston (4,8 million dollar), O‘zbekiston (10,6 million dollar)ga qaraganda bir necha barobar ko‘pdir - Davlat departamenti liniyasi bo‘yicha bu mamlakatlarga ajratilgan pul mablag‘lari ikki yilda atigi 5-20 foizga o‘sgan. Eng ko‘p byudjyet Ukrainada (294,9 million dollar, bir yil avval yarim milliard dollar bo‘lgan), shuningdek Gruziyada (90,3 million dollar, 20 foizga o‘sgan) qayd etilgan. Eslatib o‘tamiz, Gruziya MDHdan chiqib ketgan, mamlakat hukumati o‘z hududida Amerika harbiy bazasini joylashtirish masalasini muhokama qilmoqda. 

Davlat departamenti hujjatlarida AQShning ta'sir o‘tkazish tamoyili yaqqol ko‘zga tashlanib turibdi. U yoki bu rivojlanayotgan mamlakatning muammoli nuqtasi belgilanadi (masalan, fuqarolik huquqlari, chuchuk suv yetishmovchiligi, OITS, kichik biznesdagi muammolar) - mahalliy xalq buning uchun minnatdor ham bo‘ladi. Biroq oxir-oqibat, bunday islohotlar natijasida ushbu davlatlar olayotgan yordamidan ko‘proq narsasini boy beradi. Investitsiyalar muddati va dividentlar turlari bir-biridan farq qilishi mumkin. 

Bu - uzluksiz investitsiya jarayoni, "monopoliya" o‘yini. Investitsiyalardan keyin ko‘p narsani yo‘qotishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar hukumatlari AQShni ichki ishlarga aralashuvda ayblashadi, unga qarshilik ko‘rsata boshlashadi va ko‘pincha xalq oldida o‘z nufuzlarini yo‘qotishadi, zero bu ularning katta muammolarni o‘zlari hal qila olmasliklari natijasidir. 

Foto: © L!FE

Xo‘sh, 5 yil avval Amerika aviabazasi chiqarib yuborilgan Qirg‘izistonda qanday muammolar va kamchiliklar topildi? AQSh Davlat departamenti hujjatlarida yozilishicha, kelasi yilda bu yerda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi "2017 yil demokratik taraqqiyot uchun qiyin kechadi, zero mamlakat zaiflashadi va son-sanoqsiz muammolar girdobida qoladi - raqobatbardosh ishchi o‘rinlarining yetishmasligi, korrupsiya, qonunning kuchsizligi, elektr energiyasining doimiy yetishmovchiligi, ijtimoiy infratuzilmaning yomonlashuvi va h.k. Qirg‘iziston Respublikasi bu muammolar bilan kurashib, u yerdagi fuqarolarning turmush darajasini demokratiya yaxshilashi mumkinligini ko‘rsatishi kerak. AQShning yordami bu mamlakatga barqarorlik olib keladi va Rossiya zug‘umi oldidagi zaifligini kamaytiradi". 

Shunday qilib, qayta tayinlangan sudyalarni o‘qitishga 1,2 million dollar sarflanadi, 3 million dollar - boshlang‘ich maktabda o‘qish ko‘nikmalarini yaxshilashga, nodavlat tashkilotlar va mustaqil medialar ijtimoiy nazoratini takomillashtirish uchun grantlarga ega bo‘lishadi, odam savdosi bilan kurashishda davlat tuzilmalariga yordam ko‘rsatish, narkotrafik, sil kasalligi, OITS, harbiylar va politsiyachilarni o‘qitish, energetika islohotlarida yordam berish rejalashtirilmoqda.

Armanistonga doir bo‘limda energetika va Rossiya agressiyasi mavzulariga yanada katta e'tibor qaratilgan: AQSh uning Rossiyaga qaramlik darajasini kamaytirmoqchi. Amerika muqobil energetikani rivojlantirishda unga yordam berishga va'da bermoqda. Byudjyet hujjatlariga ko‘ra, 1977 yilda "xavfsizlikni ko‘zlab" qurilgan Armaniston AES AQSh Davlat departamentida xavotir uyg‘otmoqda. Bunga qisman stansiyaning seysmik xavfli zonada joylashganligi va qisman Armaniston tomonidan bomba yaratilish ehtimoli sababdir. Mamlakat energiya ehtiyojlarining 30 foizini ta'minlovchi AES "Rosatom" va Rossiya davlat kreditlari yordamida ishlaydi va modernizatsiyalashtiriladi. Shunga qaramay, AQSh Davlat departamenti ushbu stansiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va uning xavfsizligini oshirish uchun 2,5 million dollar ajratishni ko‘zda tutgan. 

Bundan tashqari, AQSh Armanistonga Rossiya gazidan voz kechishda yordam bermoqchi. Armaniston energetika vaziri o‘rinbosari Ayk Arutyunyan 2016 yilning noyabrida mamlakat 2020 yilgacha 200 MVt'li shamol elektr stansiyalarini qurishini ma'lum qilgandi. Buning uchun taxminan 200-300 million dollar kerak bo‘ladi. 

Armaniston va Tojikiston bo‘yicha asosiy muammolardan biri sifatida aholining nochor qishloq hududlaridan Rossiyaga migratsiya qilishi qayd etilgan, zero bu iqtisodiyotning RFdan kelayotgan pul o‘tkazmalariga bog‘liqligini keltirib chiqaradi. Shu bois AQSh bu ikki mamlakat uchun chekka hududlarda qishloq xo‘jaligi va kichik biznes, shuningdek turizmni rivojlantirish dasturlarini tayyorlab qo‘ydi. 

Bundan tashqari, armanlarga turk va ozarboyjonlar bilan biznes-aloqalar o‘rnatishga yordam berish ham rejalashtirilmoqda. 

Harbiy sohada arman armiyasining harbiy va tibbiy qismlarini yaxshilash ko‘zda tutilgan. Shunday bo‘lgan taqdirda ular NATOning tinchlikparvar operatsiyalarida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi (birgalikdagi o‘quv mashqlari o‘tkazib bo‘lindi). Shuningdek AQSh Davlat departamentining kelgusidagi rejalaridan g‘arb qadriyatlarini ilgari surish, uzoq muddatli harbiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va oxir-oqibat, Rossiyaga qaramlilik darajasini pasaytirish o‘rin olgan. Statistikaga ko‘ra, Amerika harbiy tayyorgarlik kurslarini o‘tagan harbiylarning 90 foizi mas'uliyatli lavozimlarga tayinlanmoqda. 

Moldovaga keladigan bo‘lsak, AQSh Davlat departamenti bu yerda hukumatni markazlashtirishni maqsad qilgan. Korrupsiyaga qarshi kurashishda elektron hukumat yaxshilanadi, bu esa poraxo‘rlarning imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi. Moldovalik agrotadbirkorlariga ombor va sug‘orish infratuzilmalariga investitsiyalar masalasida yordam beriladi. 

Amerikacha pragmatik yondashuvning ijobiy tomoni - shubhasiz, ochiqlik. Rossiyalik saylovchilar va saylanuvchilarni tashqi siyosiy strategiya bilan yaqindan tanishtirishmaydi, amerikalik parlamentariylarga esa nima uchun demokratiya eksporti bilan niqoblanish kerakligi tushuntiriladi. "Yumshoq kuch" ish bermasa, doimo zaxirada "B" reja bo‘ladi, faqat u hech qachon ommaga oshkor etilmaydi. 

Mavzuga oid