Jirafalarning Qizil kitobdagi joyi o‘zgardi
Tabiatni qo‘riqlash xalqaro ittifoqi jirafalarni Qizil kitobga kiritilgan jonivorlarning yo‘qolib ketish xavfi uncha yuqori bo‘lmagan bo‘limidan yo‘qolib ketish xavfi yuqori bo‘limiga olib o‘tdi. Bu haqda ittifoq matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Bo‘limlarning o‘zgartirilishiga sabab sayyorada jirafalar miqdorining pasayib ketishidir. Aholi sonining ko‘payishi jirafalar miqdoriga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda», — deyiladi bayonotda.
Bundan tashqari, jirafalarning qisqarib ketishiga ularning noqonuniy ovlanishi, qishloq xo‘jaligi yerlarining kengayishi oqibatida jonivorlarning oziqlanish maydonlari qisqarib ketgani va kon sanoati obektlarining qurilishi ham sabab sifatida ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid
07:35 / 09.01.2025
2028 yil 1 yanvargacha ov qilishga moratoriy joriy etilishi mumkin
08:16 / 25.12.2024
Aydar-Arnasoy ko‘llarida noqonuniy ov oqibatida 1,7 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi
12:58 / 07.11.2024
Buxoroda noqonuniy ov natijasida tabiatga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
21:13 / 31.10.2024