Fan-texnika | 13:03 / 10.12.2016
9202
1 daqiqa o‘qiladi

Samsung Galaxy Note 7 telefonlarini majburan bloklaydi

Foto: Globallookpress.com

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi muomalada qolgan barcha Galaxy Note 7 telefonlarini majburan bloklashni amalga oshiradi. Bu haqda NBC telekanali korporatsiya matbuot-xizmatiga tayangan holda xabar qilmoqda. 

19 dekabr kuni ushbu smartfon dasturiy ta'minotining yangi namunasi chiqadi. U telefon batareyalarining quvvat olish imkoniyatini ishdan chiqaradi hamda gadjyetlarning mobil tarmoqlar va simsiz internetga ulanish qobiliyatini bloklaydi. 

Ishlab chiqaruvchiga ko‘ra, foydalanuvchilar xarid qilgan Note 7 smartfonlarining 93 foizini qaytarib bergan, biroq iste'molchilar ixtiyorida qolayotgan 7 foiz qurilmalar ham jiddiy xavf soladi. 

Model 2016 yil avgustida sotuvga chiqarilgan edi. Korporatsiya, ikki oydan so‘ng, telefonlarning o‘z-o‘zidan yonib ketish hollari ko‘paygani sababli, dastlab savdolarni to‘xtatgan, so‘ngra ishlab chiqarishga ham barham bergan edi. Hozircha, telefon batareyasining nima sababdan alanga olayotgani aniqlangani yo‘q. 

Mavzuga oid