Qirg‘izistonda referendumda qatnashganlarning aksari konstitutsiyaga o‘zgartish kiritishni yoqlab ovoz berdi
Qirg‘izistonda konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha referendum natijalari deyarli aniq. Markaziy Saylov komissiyasi raisi Nurjan Shayldobekova jurnalistlarga ma'lum qilishicha, saylovchilarning aksar qismi tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan.
"Qonunchilikka muvofiq, referendum amalga oshgan deb hisoblanishi uchun saylovchilarning 30 foizdan ko‘prog‘i unda ishtirok etishi lozim. O‘z navbatida, referendumda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan ko‘prog‘i o‘zgartishlarni yoqlab chiqsa, ular mamlakatning asosiy qonunchiligiga kiritiladi", degan u.
Taklif etilayotgan o‘zgartishlarga ko‘ra, prezidentning vakolatlari kamaytiriladi, parlament va bosh vazirning vakolatlari esa, aksincha, kengaytiriladi. Shuningdek, sud va huquq-tartibot tizimlari isloh etiladi.
Bundan avvalroq, byulletenlarning asosiy qismi hisoblab chiqilganida, saylovchilarning 79 foizga yaqini Konstitutsiyaga kiritilajak o‘zgarishlarni yoqlab ovoz bergani aytilgandi. MSK raisining qayd etishicha, 20taga yaqin saylov uchastkasidagi byulletenlarni hisoblash qolgan va bu natijalarga deyarli ta'sir ko‘rsatmaydi.
Referendumda 1,191 million kishi ishtirok etgan. Bu davomat 42 foizni tashkil qilganini ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
18:02 / 23.12.2024
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024
Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston siyosatiga aralashmaslikka chaqirdi
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
17:37 / 20.12.2024