Sport | 21:23 / 11.12.2016
6668
2 daqiqa o‘qiladi

«MYu» APL doirasida o‘z maydonida sentabrdan buyon ilk marta g‘alaba qozondi

APLning 15-turida «Manchester Yunayted» «Old Trafford» stadionida «Tottenhem»ni qabul qilib, 1:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

O‘yin taqdirini hal qilgan gol 29-daqiqada Genrix Mxitaryan tomonidan urildi. Bu armanistonlik hujumchining APLdagi ilk goli bo‘ldi.

Mourino shogirdlari ustunlikni saqlab qolishdi va o‘z uyidagi qatorasiga to‘rt durangdan iborat noxush seriyaga yakun yasadi. «MYu» APL doirasida oxirgi marta 24 sentabr kuni «Lester»ni yenggandi.

Endilikda «MYu» 24 ochko bilan oltinchi o‘rinda joylashdi. Beshinchi o‘rinda qolgan «Tottenhem» hisobida esa 27 ochko bor.

Manchester Yunayted – Tottenhem 1:0
Gol: 1:0 – 29 Mxitaryan.
Manchester Yunayted – De Xea, Roxo, Jons, Darmian, Valensiya, Errera, Kerrik, Pogba, Mxitaryan (Bayi, 85), Marsiyal (Reshford, 72), Ibrahimovich.
Tottenhem – Loris, Alderveyreld, Rouz, Uoker, Vertongen, Eriksen (Nkudu, 83), Dembele (Uinks, 67), Vanyama, Alli, Son Xin Min (Sissoko, 57), Keyn.
Ogohlantirishlar: Valensiya (32), Vanyama (58), Pogba (64), Mxitaryan (76), Uoker (78), Rouz (82).

Mavzuga oid