O‘zbekiston | 20:01 / 12.12.2016
21396
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar bo‘lgan uch avtobus qor bo‘roni tufayli to‘xtab qoldi

Foto: Sharqiy Qozog‘iston favqulodda vaziyatlar departamenti matbuot xizmati

Qozog‘istonning Aqmolin viloyatida ichida Rossiya va O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan beshta avtobus noqulay ob-havo tufayli to‘xtab qoldi, deb xabar berdi DailyNews.kz.

Ma'lumotlarga ko‘ra, noqulay sharoit, Burabay tumanidagi yo‘lning yopilishi va yo‘lni ko‘rish darajasining pasayishi tufayli 2016 yilning 10-12 dekabr kunlari SHCHuchinsk vokzalida beshta avtobus joylashtirilgan.

«Bir avtobusda (Yekaterinburg-Qarag‘anda) 43 kishi – RF fuqarolari, boshqasida 27 kishi – RF fuqarolari, uch avtobusda (Petropavlovsk-Chimkent) esa 120 kishi – O‘zbekiston fuqarolari bor. 141 kishi, jumladan besh nafar bola issiq ovqat bilan ta'minlandi», - deyilgan xabarda.
 

Mavzuga oid